Bugun Wayne Rooney Manchesterdan Germaniyaga uchib ketganligi
xabar qilinmoqda. Angliyada birinchi raqamli xabarga aylangan Rooney taqdiri hozircha baribir noma'lum, shifokorlar uni faqatgina guruh bosqichidan so'ng maydonga tusha olishi mumkinligini aytishmoqda. Bu taxminan 25 iyunlarga togri keladi. Agar Sven-Goran Eriksson uni tarkibga qo'shsa, Jermain Defoe Germaniyani tark etishiga to'gri keladi.
Dunyo OAVlari bosh sahifalarida esa Iroqning yangi bosh vaziri Nuri Al-Malikining zamonamizning eng vahimali terroristlaridan biri Abu Musab al-Zarqawi Bog'dod yaqinida o'ldirilganligi to'g'risidagi xabari
joy olgan.
Uzreport
xabariga ko'ra, yanagi yil bahoridan boshlab Baltic Beverages Holding AB (BBH) Toshkentda o'z pivo mahsulotlarini (shu jumladan, mashhur Baltika pivosini) ishlab chiqarish niyatida ekan. U mahalliy Sarbast Plus firmasi bilan birgalikda qo'shma korxona ochmoqda.
MDH davlatlari boyocha birinchi chorak statistik natijalari
e'lon qilingan. Unda Ozarbayjon rekord natijani qayd etgan- YIM 38.5%, sanoat ishlab chiqarishi esa 45.5% o'sgan. Belarus (10.3), O'zbekiston(3.6), Tojikiston(4.7), Armaniston (9.8), Rossiya, Qirg'iston(1.8) va Ukrainada (2.7) o'sish qayd etilgan.