tafakkur yolqinlari

Wednesday, May 31, 2006

demping siyosati yoki Goodbye Neksiya!


Yaqinda Daewoo Korporatsiyasining sobiq rahbari Kim Woo-Choong 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Vedomosti xabariga ko'ra, General Motors(GM) va Volkswagen (VW) Rossiyada tez orada o'z avtomobil zavodlarini qurishni rejalashtirilmoqdalar. Bir qarashda ushbu ikki xaabr o'rtasida aytarli aloqa bo'lmasada, Asakadagi O'zDaeewoo Auto zavodi taqdiri haqida o'ylar ekanmiz, bu ikki xabar uning o'tmishi va kelajagidan bong urishi mumkinligini fikr qilamiz.
1996 yil katta umid va orzular bilan bunyod etilgan, yiliga qariyib 200 ming avtomobil ishlab chiqaradigan zavod O'zbekiston hukumati va halqiga "biz dunyodagi 28 avtodavlatlarning birimiz" degan faxr tuyg'usi va qariyib 4000 yangi ish o'rni (bu raqam keyinchalik lokalizatsiya dasturi sabab oshib boraverdi) va eng asosiysi katta miqdordagi valyutani tejab qolish va olib kirish imkonini bergan bo'lsa, Daewoo Motorsga markaziy Osiyo, Rossiya va Xitoy bozorlariga chiqishni sonlashtirishi mo'ljallangandi.
Afsuski, rejalar amalga oshmadi.
1999 yili Daewoo guruhi rahbari va asoschisi yuqorida qayd etganimiz Woo-Choong korporatsiya moliyaviy inqirozga uchragach Koreyani tark etadi. 2002 yil Daewoo Motors (guruhning asosiy kompaniyalaridan biri) 1.2 mlrd AQSh dollariga GM tomonidan sotib olinadi. Ayni vaqtda GM Daewoo Auto and Technology deb atalayotgan ushbu kompaniya GMning eng yaxshi qismlaridan biriga aylangan.
Ammo yangi rahbariyat Asakadagi zavodni o'z ixtiyorida ushlab turishni xohlamadi, va O'zbekiston hukumati uni 100 foiz sotib olishga majbur bo'ldi.
Ayni vaqtda Asakadagi avtozavod asosiy daromad manbai sifatida ichki bozor va qo'shni Rossiya bozorini ko'rmoqda. Ichki bozorda u hukumat o'rnatgan yuqori tariflar va to'siqlar evaziga monopol mavqega ega. Tashqi bozorda esa u ichki narxlardan arzon narxlarda demping siyosati asosida (ichki bozorga nisbatan taxminan 30% atrofida arzonroq) mahsulotlarni sotishga muvaffaq bo'lmoqda. Ishlab chiqarilayotgan avtomobillar seriyasi birmucha eski, yangilaridan Lacetti avtomashinasi asosiy xaridor Rossiya Federatsiyasida GM tomonidan yigilmoqda. (Chakana narxi 13 ooo AQSh dollar atrofida boshlanadi). Rossiya iqtisodiyoti rivojlangani sayin qudratli avtogigatlar ham asta-sekin bu bozorga kirib kelishmoqda. Shuningdek, UzDaewooning asosiy xaridorlar bazasi bo'lgan o'rta-pastki qatlam vakillari uchun taklif etilayotgan modellar soni oshib bormoqda.
Bunday vaziyatda UzDaewoo Autoning raqobatbardoshligi borasida bizda gumonlar paydo bo'la boshlaydi. Bu yilgi rejalar 140,000 avtomobil ishlab chiqarish bilan optimistik ko'ringani bilan, dunyo avtomobil sanaotida katta o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Bunga UzDAewoo Avto qanday moslashadi va korxona oldida qanday xafvlar va imkoniyatlar mavjud-bu savolga mening fikrlarim bilan keyinroq tanishasiz.

0 Comments:

Post a Comment

Links to this post:

Create a Link

<< Home