sayohat
Yaqinda turli sabablar ila bir paytlar katta imperiyaning bir qismi sifatida og'a-ini tutinganimiz, ayni vaqtda esa jadal rivojlanib borayotgan (eng avvalo tabiiy resurslari evaziga) do'stlarimiz -Qozog'istonning sobiq poytaxti Almaty va Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shaharlarida bo'lib qaytdim.
Aytib o'tishim lozimki, ushbu safarlarim qisqa muddat davom etdi va men bu yerda turistlar uchun ma'lumot berish imkoniga ega emasman. Muddaom faqatgina ko'rgan-bilganlarimni mushtariylar bilan bo'lishishdir.
Almaty Toshkentga nisbatan ancha kichik shahar. Erinmagan odam uning markazini osongina aylanib chiqishi mumkin.
Neftedollarlar, shuningdek liberal iqtisodiy siyosat evaziga shaharda boylar anchayion ko'payib qolgan, har qadamda chet elda ishlab chiqarilgan avtomashinalar uchraydi. Bizning Neksiyalar ko'pincha taksi sifatida, yoki o'rta hol oilalar tomonidan foydalanilmoqda. Yashash tannarxi anchayin qimmat, ovqatlanish Toshkentdagidan uch-to'rt barobat qimmatga tushadi.
Uy-joy masalasida ham muammolar mavjud.
Men turgan joy mashhur Medeoga yaqin bo'lib, qozoq elitasi dachalari shu yerda joylashgan. Qurilish ishlari avjida, ammo ularning ko'pchiligi biznes uchun ofislar yoki turar joy inshoatlari.

0 Comments:
Post a Comment
Links to this post:
Create a Link
<< Home