yubiley muborak Paxtakor!
Kecha kun qanday o'tganini ham bilmay qoldim. Birinchidan ingliz tilidan IELTS imtihonim bor edi, yarim kun shu borada sarson bo'ldim.Ikkinchidan maktab bitiruvchilarini tabriklashga to'gri keldi va nihoyat kechqurun Paxtakorning 50 yillik yubileyiga bordim.
O'zbekiston Prezidentining yo'llagan tabrigi va qator paxtakorchilarni (ularning ba'zilari hayot, ba'zilari vafor etgan) mukofotlashi meni juda xursand etdi. Afsuski OAV Paxtakor haqida aytarli narsa qilishmadi ( xabarlar, qisqa tabriklar emas, hujjatli filmlar kerak edi), Paxtakor web-sayti esa qariyb yarim yildan beri ishlamayapti. O'zbekiston futbol Federatsiyasi saytida ham mana bu habardan boshqa hech narsa yo'q.
Paxtakor Sochida. 1979. (Paxtakor FK web-saytidan olindi.)


0 Comments:
Post a Comment
Links to this post:
Create a Link
<< Home