tafakkur yolqinlari

Thursday, October 05, 2006

welcome back! biz yana online!

Bir necha oylik sargardonlikdan so'ng yana aziz mushtariylarimizni siyosat, madaniyat va iqtisod sohasida so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishni davom ettirmoqni ixtiyor ettik. Ammo avvalgi tafakkur yolqinlaridan farqli o'laroq endi bir qadar o'z mulohazalarimiz bilan o'rtoqlashishni ko'paytirish niyatidamiz. Bizning fuqarolik va insoniy o'zligimiz shuni taqozo etmoqda. Tabiiyki, mulohazalarimiz tanqidiy nuqtai nazardan bo'lishi mumkin. Bu degani yozganimizdan maqsad - birovning mosuvosini chiqarish emas, balki jamiyatimizda mavjud muammolar va yutuqlarga o'z nuqtai nazarimizni bildirishdir. Zero, faqatgina o'zaro yaratuvchi g'oyalarni tahlil etish va ularni tanqid tig'ida charxlash ularning raqobatbardoshligini va inson manfaatlariga mosligini oshiradi. Eski haqiqatlarimizni yangi sharoitlarda muntazam tahlil va tanqid qilib turmasak, afkor omma ko'z o'ngida mulzam bo'lishimiz tayin. Bu borada siz ham o'z fikr-mulohazalaringiz bilan o'rtoqlashish maqsadingiz bo'lsa, buni faqat qo'llab-quvvatlaymiz.

0 Comments:

Post a Comment

Links to this post:

Create a Link

<< Home